
No‘’mon Hasanov: Kuchli ishtiyoq evaziga g‘alaba qozondik
O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Qo‘qon-1912" ustozi No‘’mon Hasanov va bugungi o‘yin qahramoni Nosir Otaqo‘zievlar qatnashishdi. Bu haqda Qo‘qon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
No‘’mon Hasanov: - O‘yin oldidan futbolchilarimizga katta bosim bo‘ldi. Oldingi o‘yinlarlarda ketma-ket durang o‘ynagandik. Shuning uchun g‘alaba bizga juda zarur edi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Har ikkala jamoada ham vaziyatlar bo‘ldi. Biz kuchli ishtiyoq evaziga g‘alaba qozondik. Bugungi bahsda borlarini berib o‘ynagan futbolchilarimizga va bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.
Nosir Otaqo‘ziev: - Bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bugun Qo‘qon halqiga haqiqiy bayram taqdim etganimizdan xursandmiz. Keyingi o‘yinlarda yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Fikrlar