No‘’mon Hasanov: Nomdor raqib bilan tengma-teng o‘ynadik
Oliy Liga 9-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” –“Paxtakor” (1:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida qo‘qonliklar ustozi No‘’mon Hasanov qatnashdi.
“Bugun mamlakatimizning nomdor jamoasiga qarshi maydonga tushdik. Shunday bo‘lsa-da, raqib bilan tengma-teng o‘ynadik. Birinchi va ikkinchi taymda ikki xil o‘yin guvohi bo‘ldik.
Bugungi uchrashuvda ikki ochko yo‘qotdik deb hisoblayman. Rayevats gol urganida boshqacha bo‘lardi. Bugun jamoamizdagi yo‘qotishlar o‘z so‘zini aytdi. “Paxtakor” bilan bo‘lgan bahsda turli sabablarga ko‘ra bir qator etakchi o‘yinchilar xizmatidan foydalana olmadik.
Oldin aytganimdek, jamoamiz faqat muxlislar uchun o‘ynaydi. Biz ularni o‘zimizning chiroyli o‘yinlarimiz bilan xursand qilishni maqsad qilganmiz”, – deb No‘’mon Hasanov so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar