Novak Jokovich ispaniyalik futbolchi Jerar Pike taklifiga ko‘nmayapti

"Devis Kubogi" mutassadilaridan biri ispaniyalik futbolchi Jerar Pike serbiyalik Novak Jokovichning mazkur musobaqani yangi formatda o‘tishini istamayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Novak ATP o‘yinchilari ittifoqi prezidenti va u ularning istagini doimo himoya qiladi, bu esa normal holat. Biz ikki yil oldin Londonda o‘tgan yakuniy turnirda ilk marotaba ko‘rishganmiz. Men u bilan doimo haqqoniy bo‘lib gaplashganman va bu doimo ish bergan.

Bizning ko‘p fikrlarimiz juda o‘xshash, lekin mening va uning istagiga qarab qaror chiqarish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bizdan tashqari ATP va ITF da ham bir qator rahbarlar bor. Men Rafael Nadal, Dominik Tim, Marin Chilich kabi bir qator mashhur tennischilar bilan gaplashdim ularda yangi musobaqada ishtirok etish xohishlari mavjud. Hozirda turnirlarda 200, 300, balk, 400 nafar tennischi ishtirok etadi ularning ham o‘z fikrlari va maqsadlari bor. Lekin nimadandur voz kechishga to‘g‘ri keladi",  –deydi Pike.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!