
Noyerning bu mavsumda ortiq maydonga tushmasligi aniq bo‘ldi
“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yupp Xaynkesning so‘zlariga ko‘ra, darvozabon Manuel Noyer bu mavsum aniq maydonga tushmaydi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, murabbiy Noyerning jarohatdan tiklanish jarayoni davom etayotganini ta’kidlagan va shu sabab u myunxenlarning qolgan ikki uchrashuvida maydonga tushmaydi.
Endi Noyer JCh-2018ga tayyorgarlik ko‘rishi kerak va bu turnirda Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz. “Bavariya” chempionat doirasida “Shtutgart” va Germaniya kubogi finalida Frankfurtning “Ayntraxt” jamoalari bilan o‘ynaydi.
Fikrlar