Noyerning oyog‘i muvaffaqiyatli operatsiya qilindi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi hamda Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli chiqdi. Bu haqda futbolchining o‘zi “Tvitter”dagi sahifasida xabar berdi.

“Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Tabriklar va qo‘llab-quvattlashlar uchun katta rahmat!”, - deb yozadi Noyer.

Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer mashg‘ulotlar paytida oyog‘ini sindirib olgan edi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha tajribali darvozabon joriy yilda boshqa maydonga tusholmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!