Nurmagomedov jamoasi noyabrda Makgregor bilan jang tashkil qilishni rejalashtirmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedovning jamoasi noyabr oyida AQShda irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda sportchining menejeri Rizvan Magomedov xabar bergan.

Hozircha Makgregor bilan aniq muzokaralar yo‘q, – deya Magomedovning so‘zlarini keltiradi TASS nashri. – Biroq biz Xabibning u bilan noyabrda jang qilishini rejalashtirmoqdamiz.

Eslatib o‘tamiz, 8 aprelga o‘tar kechasi Makgregor Nyu-Yorkda engil vaznda UFC chempionligi uchun Nurmagomedov va amerikalik El Yakvinta o‘rtasidagi jang oldidan rossiyalik sportchi ketayotgan avtobusga hujum qilgan. Shundan so‘ng irlandiyalik sportchi xibsga olingan, ammo keyinroq garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

Nurmagomedov hisobida 25 ta jangda, 25 g‘alaba mavjud. Makgregor MMA qoidlari bo‘yicha janglarda 21 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!