
OChL-2018: “Lokomotiv” Erondan quruq qo‘l bilan qaytmoqda
Xabaringiz bor, bugun OChL-2018 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan “Zob Ahan” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar bo‘limda bir qancha havfli hujumlar tashkil qilishdi. Ammo dastlabki 45 daqiqalikda jamoalarga gol urish nasib etmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar jarima zarbasi ishlab olishdi. Natijada 47-daqiqada Muhammad Xusayni jarima maydoniga to‘pni etkazib berdi, Murtazo Tabrizi esa boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Bahsga qo‘shib berilgan daqiqalarda burchakdan oshirib berilgan to‘pni Muhammad Riza boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
Bellashuvning qolgan daqiqalarida "temiryo‘lchilar" ham qancha harakat qilishmasin hisobni o‘zgartira olishmadi - 2:0.
OChL-2018, 2-tur
17:30. “Zob Ahan” – “Lokomotiv” 2:0
Gollar: Murtazo Tabrizi 47, Muhammad Riza 90+2
“Zob Ahan”: 12. Muhammad Rashid, 2. Muhammad Nejadmahdi, 5. Giorgi Gvelesiani, 6. Holid Shafeyi, 7. Muhammad Riza, 8. Qosim Haddadifar (30. Mahdi Rajabzoda, 79), 10. Baxtiyor Rahmoni, 11. Murtazo Tabrizi (3. Vohid Muhammadzoda, 90+1), 34. Milad Fahriddini, 88. Hamid Bohamdan, 99. Kiros.
Zaxira: 1. Muhammad Bager, 4. Akbar Imani, 9. Rabih Ataya, 17. Muhammadrizo Abbosi, 33. Muhammad Sattari.
“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 4. Bobur Yo‘ldoshev, 5. Kaxi Maxaradze, 7 Sadriddin Abdullaev (22. Sanjar Shoahmedov, 76), 8. Sherzod Karimov (27. Sardor Rashidov, 68), 9. Ikrom Aliboev, 10. Marat Bikmaev, 15. Sardor Mirzaev, 20. Islom To‘xtaxo‘jaev, 28. Shuxrat Muhammadiev, 33. Oleg Zoteev (99. Cho Suk Ja, 88).
Zaxira: 12. Ma’mur Ikromov, 19. Husniddin G‘ofurov, 77. Diyor Turopov, 88. Igor Yelich.
Ogohlantirishlar: Ikrom Aliboev 37, Oleg Zoteev 72.
Fikrlar