
O‘FA hamda "JAKO" o‘rtasida shartnoma imzolandi (fotogalereya)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar etkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar olib boib, yakunda Germaniyaning mashhur JAKO (“YaKO”) kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda MOQ prezidenti, O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, "JAKO" (“YaKO”) kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol hamda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etishdi.


















Fikrlar