
Og‘ir atletika. Dolera Davronova ham jahon chempionligini qo‘lga kiritdi!
Poytaxtimizda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioatining navbatdagi kun dasturi qizg‘in davom etmoqda. Biroz avval qizlar o‘rtasida vazni 90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida medallar o‘z egalariga topshirildi.
Quvonralisi, ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yurtdshimiz Dolera Davronova ikkikurash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Vakilamiz garchi dast ko‘tarish mashqini beshinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa ham siltab ko‘tarish mashqi hisobiga barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Uning ikki kurash bo‘yicha qayd etgan natijasi 225 kg.ga teng bo‘ldi. Kumush medal AQSh terma jamoasi vakilasiga nasib etgan bo‘lsa, bronza medaliga avstriyalik atlet sazovor bo‘ldi.
Og‘ir atletika. Yoshlar o‘rtasida JCh.
Qizlar, -90 kg.:
1. Dolera Davronova (O‘zbekiston) – 225 kg (97 kg + 128 kg)
2. Yuliana Rioto (AQSh) – 224 kg (99 kg + 125 kg)
3. Sara Fisher (Avstriya) – 224 kg (98 kg + 126 kg)
Ta’kidlash joiz, bu terma jamoamiz uchun musobaqa davomidagi uchinchi oltin medal bo‘ldi. Avvalroq Adham Ergashev hamda Kumushxoy Fayzullaeva ham chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar