
Og‘ir atletika. Jahon chempionatining ilk g‘olibi aniq
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Ayni pallada musobaqaning ilk g‘olib va sovrindorlarining nomi aniq.
Qizlar o‘rtasida 48 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi bellashuvda Tailand terma jamoasi vakilasi Chirapxan Natxavong dast ko‘tarishda 81, siltab ko‘tarishda 100, ikkikurash bo‘yicha 181 kilogramm natija bilan oltin medalni o‘ziniki qildi. Kumush medal braziliyalik Luanna Oliveyraga nasib etgan bo‘lsa, hisndistonlik Jxili Dalabexera kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Og‘ir atletika. Yoshlar o‘rtasida JCh. Toshkent
Qizlar, -48 kg
1. Chirapxan Natxavong (Tailand) – 181kg (81kg + 100kg)
2. Luanna Oliveyra (Braziliya) – 172 (76 + 96)
3. Jxili Dalabexera (Hindiston) – 167 ((75 + 92)
Fikrlar