
Og‘ir atletika. Jahon chempionatining so‘nggi oltin medali Eron terma jamoasiga nasib etdi
Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Biroz avval erkaklar o‘rtasida vazni 105 kg.dan yuqori bo‘lgan sportchilarning bahsi tugadi.
Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda Eron terma jamoasi vakili Ali Dovudi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning ikki kurash bo‘yicha qayd etgan natijasi 419 kg. 399 kg natija ko‘rsatgan Armaniston va Pokiston terma jamoasi vakillari kumush hamda bronza medallirini bo‘lishib oldilar.
Og‘ir atletika. Yoshlar o‘rtasida JCh.
Erkaklar, +105 kg
1. Ali Dovudi (Eron) – 419 kg (192 kg + 227 kg)
2. Varazdat Lalayan (Armaniston) – 399 kg (177 + 222)
3. Muhammad Nux Batt (Pokiston) – 399 kg (171 + 228)
Fikrlar