
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyor (Fotoreportaj)
Shu yilning 23-29 iyulda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu birinchilik Nepal davlatining Katmandu shahrida o‘tkaziladi.
Mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Nepalda 8 ta o‘g‘il va 7 ta qiz, jami 15 atlet yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ularga 3 nafar murabbiy boshchilik qilishadi.
Bugun musobaqa qatnashchilari Chirchiqdagi olimpiya zaxiralari kollejida so‘nggi mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.
So‘ngra jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining 1-o‘rinbosari Iskandar Jo‘raev musobaqa ishtirokchilariga oq yo‘l tilashdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi ertaga Nepalga jo‘nab ketadi. Musobaqaning dastlabki kunida ishtirok etadigan vazn toifasidagi sportchilar bir necha kun oldin Katmanduga etib borishgan.
Fikrlar