Endi Husanovga yanada qiyin bo‘ladi!

  • 21 aprel, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov fevral oyidagi yulduzli onlaridan keyin “Manchester Siti”ning asosiy tarkibiga kiritilmayapti.

Xosep Gvardiola keyingi bir nechta uchrashuvda o‘zbek futbolchisiga boshlang‘ich tarkibdan joy bergani yo‘q. Jarohat tufayli davolanayotgan markaziy himoyachilar salomatligini tiklab, yana safga qaytayotgani 21 yoshli himoyachimiz uchun qo‘shimcha raqobat tug‘diradi.

Bundan tashqari, “Manchester Siti” rahbariyati yozgi transferlar davrida ham faollik ko‘rsatib, bir necha pozitsiyaga yangi ijrochilarni olib kelishni maqsad qilgan. Xususan, skautlar “shaharliklar”ning himoya markazini kuchaytirishga qodir yana bir nomzod topib qo‘ydi.

Gap “Benfika” markaziy himoyachisi Alvaro Karreras haqida ketmoqda. 22 yoshli Alvaro futbol o‘ynashni “Real”da o‘rgangan. Keyin “Manchester Yunayted” tizimida ham tajriba to‘plagan.

Yosh bo‘lishiga qaramay, Angliya, Ispaniya va Portugaliya chempionatlarida to‘p tepdi. “Benfika” uni o‘tgan yoz “Manchester Yunayted”dan to‘liq sotib oldi.

Karreras chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Bu o‘yinchi bir qanotni to‘liq nazorat qilish va keskin hujum uyushtirish qobiliyati bilan Xosep Gvardiola nazariga tushdi. Ispaniyalik mutaxassis himoyachilarning hujum tashkil etishi va raqib darvozasiga xavf solishini juda yaxshi ko‘radi. 

Pep “Benfika” vakili o‘z o‘yin uslubi bilan “Manchester Siti”ga yordam bera olishiga ishonch bildirmoqda.

Fichajes sayti ekspertlarining ta’kidlashicha, “shaharliklar” safida chap qanotni Yoshko Gvardiol to‘liq o‘ziniki qilib olgan. 23 yoshli xorvatiyalik futbolchi markazda ham o‘ta ishonchli o‘ynay oladi. Agar Karrerasning transferi amalga oshsa, murabbiylar shtabi Gvardiolni himoya markaziga ko‘chiradi.

Bu taktik sxemada markaziy himoyachilardan biri, aniqrog‘i, katta ehtimol bilan Abduqodir Husanov o‘z o‘rnini bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keladi. Oxirgi o‘yinlardan birida huddi shu holat kuzatildi. Ya’ni, Gvardiola Abduqodirni zaxirada qoldirib, Yoshkoga himoya markazini topshirdi.

“Manchester Siti”dagi faoliyatini yorqin o‘yinlar bilan boshlagan legionerimiz bundan buyon asosiy tarkibga kirishi oson bo‘lmaydi. Husanov o‘zida bor salohiyat va iqtidorni namoyish qilish barobarida yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, har qanday imkoniyatdan maksimal foydalanishi shart bo‘lib qoldi. 

Ekspertlar Alvaro Karrerasning ustun jihatlari haqida fikr yuritganda uning hujum tashkil qilish qobiliyati barobarida taktik tomondan etukligi, maydonni ko‘ra olish qobiliyati, turli o‘yin uslublariga moslashuvchanligini maqtamoqda.

Alvaro Karreras joriy mavsumda “Benfika” safida barcha turnirlarda 46 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgani va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatgani uning samaradorligini ko‘rsatib turibdi.

“Benfika”ga 6 million evroga transfer qilingan bu himoyachining transfer summasi bir necha oy davomida muntazam ko‘tarilib, ayni paytda 28 million evroga etdi.

Alvaro Karreras professional faoliyatining boshida Angliya Premer-ligasida o‘ynay olmagan va Tumanli Albiondan ketishga majbur bo‘lgan. Ekspertlar Portugaliyadan qo‘nim topgan himoyachi qisqa fursatda kuchli himoyachiga aylana olganini ta’kidlamoqda.

O‘z navbatida, ispaniyalik himoyachi Angliya Premer-ligasini zabt etishda ikkinchi urinishni amalga oshirish uchun “Manchester Siti” bilan hamkorlik qilishga tayyorligi aytilmoqda. Endi masala “shaharliklar”ning transfer bo‘yicha rasmiy taklif yuborishiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!

Shomurodov hammani qutqardi!

“Roma”ni Chempionlar ligasiga etaklayotgan Shomurodovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?

Fayzullaev nega Evropada o‘ynamayapti? “Barsa” sobiq yulduzi vaziyatni tushuntirib berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
21/04/2025 13:59
Сити эртаги тугадими
Baxil Alihuja
21/04/2025 09:37
узбекни душмани узбекдир!
агар журналистлар мактайвермаса, рахбарлар тадбирларга мажбурлашмаса,
Хусанов урнини бермайди
Baxil Alihuja
21/04/2025 09:35
кийин булмайди, Хусанов хаммасини гажийди