
Oliy Liga. "Maksam-Chirchiq" qiyinchilik bilan "Nafis"ni mag‘lub etdi
Mini-futbol bo‘yicha Oliy Liga jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan ilk uchrashuvda “Maksam-Chirchiq” jamoasi Samarqandning “Nafis” klubiga qarshi to‘p surdi.
Qiziqarlik kechgan uchrashuvda esa 4:3 hisobi qayd etildi. Xususan, chirchiqliklar safida M.Gulyaev, B.Ahmedov, M.Alixo‘jaev va T.To‘raqulovlarning urgan gollariga samarqandlik futsitzalchilardan R.Ismatullaev va D.Xaydarqulovlar javob qaytrishdi.
Shuningdek, ushbu “Maksam-Chirchiq” a’zosi Bahodir Ahmedov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Oliy liga 1-tur, 6-kun
22.01.2017
"Maksam-Chirchiq" - "Nafis" 4:3
Gollar: M.Gulyaev 13, B.Ahmedov 15, M.Alixo‘jaev 28, T.To‘raqulov 31 - R.Ismatullaev 10, B.Ahmedov 37 (avt.), D.Xaydarqulov 40
Fikrlar