Oliy liga: Ikkinchi tur o‘yinlarining eng yaxshilari va gol urgan futbolchilar
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga start berilgandi. 8-10 mart kunlari oliy liga-2017 ikkinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda e’tiborga molik bo‘lgan natijalar qayd etildi.
Quyida ikkinchi turdan o‘rin olgan bellashuvlarning eng yaxshilari va gol urgan futbolchilari bilan tanishishingiz mumkin.
Oliy liga-2017. Ikkinchi tur
8 mart (chorshanba)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «So‘g‘diyona» (Jizzax)– 3:0. 1595 tomoshabin
Gollar: M. Bikmaev (69 penalti), T. Kapadze (82), J. Masharipov (84)
Eng yaxshi o‘yinchilar: M. Bikmaev – S. Karimov.

«Dinamo» (Samarqand) – «Sho‘rtan» (G‘uzor) – 3:0. 10138 tomoshabin
Gollar: S. Sulaymonov (15), A. Bozorov (48), A. Abdullaev (67).
Eng yaxshi o‘yinchilar: S. Suleymanov – I. Taran.

«Neftchi» (Farg‘ona) – «Paxtakor» (Toshkent)– 0:0. 8117 tomoshabin.
Eng yaxshi o‘yinchilar: O‘. Yusupov – A. Ahmedov.

9 mart (payshanba)
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:0. 4950 tomoshabin
Eng yaxshi o‘yinchilar: Z. O‘rinboev – D. Hamdamov.

«Nasaf» (Qarshi) – «Buxoro» (Buxoro)– 2:1. 6204 tomoshabin.
Gollar: D. Cheran (17), K. Pasichnik (21 avtogol) – I. Veytser (81).
Eng yaxshi o‘yinchilar: D. Cheran – I. Veytser.
10 mart (juma)
«Mash’al» (Muborak) – «Metallurg» (Bekobod)– 1:0. 1885 tomoshabin.
Gol: Zohir Qo‘ziboev (51).

«Qizilqum» (Navoiy) – «Navbahor» (Namangan)– 2:1.
Gollar: A. Allaniyozov (6), I. Yunusov (76) – M. Saidov (26).

«Obod» (Toshkent) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)– 1:1. 1225 tomoshabin.
Gollar: N. Xaipov (62) – F. Raevats (16).

Bekzod ISAEV tayyorladi.

Fikrlar