“Olmaliq ” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi prevyusi
Oliy Liga birinchi davrasining so‘nggi uchrashuvini "Qo‘qon-1912" jamoasi xuddi o‘tgan yildagi kabi Olmaliqda “Olmaliq” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Qo‘qonliklar mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlariga doir statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
“Olmaliq ” va “Qo‘qon-1912” klublari shu kunga qadar oliy ligada to‘rtta marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning bittasida futbolchilarimiz g‘alaba qozonishgan. Uchta uchrashuvda olmaliqliklar qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 7-5 “Olmaliq” foydasiga.
Hakamlar
O‘zbekiston professional futbol ligasi 15-turda ishlaydigan hakamlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, birinchi davradagi so‘nggi uchrashuvimizni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Aziz Asimov ushbu mavsumda bir marta jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvda ishlagan. Ushbu referi 2-tur doirasidagi “Obod” – “Qo‘qon-1912” o‘yinini boshqargan.
Oliy liga, 15-tur
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: B. Haydarov.
Boshlanish vaqtlari
Yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin soat 19:00da boshlandi. Bugun esa bu ikki jamoa o‘rinbosarlari bahsi o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuv ham soat 17:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Fikrlar