"Olmaliq" darvozaboni yarim yilga safdan chiqdi

  • 15 yanvar, 2017, 19:45
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, “Olmaliq” klubi ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda. 

Hujjatlaridagi muammo sabab klubning Antaliyadagi o‘quv-yig‘iniga kecha kelib qo‘shilgan Roman Abdulov bugungi mashg‘ulotlar chog‘ida jiddiy jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Abdulov 2016 yilgi mavsum yakunida jarrohlik amaliyoti o‘taganligi bois, dekabrdagi jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etolmagandi. Yanvar oyi boshida Toshkentdagi ikkinchi yig‘inda o‘zini yaxshi his qilgan posbon jamoa mashg‘ulotlarida faol harakat qildi. Hujjat ishlari bilan Toshkentda qolgan Roman kecha Antaliyaga etib keldi va har ikki mashg‘ulotda qatnashdi. Bugungi mashg‘ulot davomida u kutilmaganda oyog‘idan jarohat oldi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra Abdulov kamida yarim yil maydonga tusha olmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!