"Olmaliq"ning 2017 yilgi mavsum ko‘rsatkichlari

  • 29 noyabr, 2017, 12:55
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2017 yilgi futbol mavsumida "Olmaliq" oliy ligada o‘ninchi marta ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno
Kichik yubiley mavsumda jamoa tarkibida katta o‘zgarishlar kuzatildi. Dastlab, 9 yil mobaynida jamoani boshqargan Igor Shkvirin klub bilan xayrlashdi. Uning o‘rniga o‘zbek futboliga begona bo‘lmagan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov taklif etildi. Yangi murabbiylar shtabi tarkibi shakllantirildi va jamoa tayyorgarlikka kirishdi.
 
Yanvar va fevral oylarida "Olmaliq" Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdi. Futbolchilar tarkibi ham tubdan o‘zgarib ketdi. Dastlabki turda Buxoroda kichik hisobda mag‘lubiyatga uchragan olmaliqliklar beshinchi turga qadar o‘z hisobiga g‘alaba yozib qo‘ya olmadi. Bu esa jamoa atrofida turli gap-so‘zlarni keltirib chiqardi. Ammo jamoa a’zolari birdamlikda bu muvaffaqiyatsizlikdan chiqib keta olishdi. Beshinchi turda o‘z maydonimizda "Nasaf" mag‘lub etilgach, jamoa ketma-ket 12 o‘yinda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi. Bu ko‘rsatkichlar orqali birinchi davra 4-o‘rinda yakunlandi. 
 
Ikkinchi davra oldidan jamoa Belorussiya poytaxti Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etib qaytdi. Afsuski, natijalar bu davrada kutilganidek boshlanmadi. Bunga jamoa futbolchilarining aksariyatida jarohat borligini ham sabab qilish mumkin. Shunday bo‘lsada, mavsum yakunida jamoa o‘ziga kela boshladi va mavsumni 44 ochko to‘plagan holda 7-o‘rinda yakunladi.
 
Klubning bu natijasiga mavsum davomida maydonga tushgan 27 futbolchi o‘z hissasini qo‘shdi. O‘tkazilgan 3 uchrashuvda jamoamiz a’zolari raqib darvozasini 31 marta ishg‘ol etdi. O‘z hisobiga 6 gol yozib qo‘ygan belorussiyalik legioner Vladislav Kasminin jamoa to‘purari bo‘ldi. Serbiyalik Igor Yelich 5 gol bilan ikkinchi bo‘ldi. Umumiy hisobda bu mavsumda jamoa darvozasini 4 posbon qo‘riqladi. 30 o‘yinda raqiblar 32ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
 
Jamoa a’zolariga 2 marta qizil kartochka ko‘rsatildi va 58 marta futbolchilar sariq kartochkaga loyiq ko‘rilishdi.
 
Jamoa futbolchilarining umumiy statistikasi quyidagicha:
 

Futbolchi

Tug‘ilgan sanasi

O‘yin

Daqiqa

Gol

SK

QK

88

Yelich Igor

28.12.1989

29

2528

5

6

0

55

Berdimurodov Rahmatullo

24.10.1987

27

2430

1

4

0

5

Jo‘raev Dilshod

21.04.1992

27

2149

2

6

0

90

Kasminin Vladislav

17.01.1990

27

2430

6

7

0

2

Hojiakbarov Abduqahhor

18.07.1989

27

2274

0

2

0

19

Inomov Islom

30.05.1984

22

1959

1

6

0

18

Mullajonov Shavkat

18.01.1986

22

1980

2

2

1

10

Norbekov Shohnazar

18.07.1994

21

1341

3

3

0

11

Klishin Viktor

15.12.1982

20

421

0

0

0

17

Murzoev Kamoliddin

17.02.1987

20

1648

2

4

0

8

Grigalashvili Shota

21.06.1986

17

743

1

2

0

15

Musabekov Farxat

03.01.1994

16

822

0

0

0

23

Polvonov Zafar

19.02.1985

15

1062

3

2

0

13

To‘raev Lutfulla

30.03.1988

15

1214

0

3

0

21

G‘ulomov G‘ulomhaydar

21.12.1990

14

858

2

1

0

94

Muxtorov Xurshid

09.02.1994

14

1067

0

3

0

70

Rixsiboev Sanjar

16.10.1993

14

992

1

2

0

O‘rinboev Zabihillo

30.03.1995

11

380

1

0

0

46

Xodjaev Xurshid

14.02.1988

11

990

0

1

0

Rahmatullaev Alibobo

08.02.1991

10

204

0

0

0

12

Abdulov Roman

10.05.1987

7

630

0

1

0

45

To‘raev Akbar

27.08.1989

7

630

0

0

0

99

Ziyovutdinov Nizomiddin

25.04.1998

5

450

0

0

0

77

Isaev Muhammad

01.09.1994

5

294

0

2

0

33

Usmonov Doniyor

07.06.1994

4

58

0

0

0

6

Magerramov Vusol

20.08.1990

2

99

0

1

1

35

Yusupov Dadaxon

31.03.1997

1

22

0

0

0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!