“Olmaliq”ning o‘rtoqlik o‘yinida turkmanistonlik futbolchi maydonga tushishi mumkin
Avval xabar berganimizdek, “Olmaliq” bugun navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Rejaga ko‘ra Gruziyaning birinchi ligasi vakili sparring raqib bo‘lishi kutilgandi. Tayyogarlik jarayonida kuchliroq jamoa bilan o‘yin o‘tkazish maqsadida "Vit Djorjiya" o‘rniga oliy liga vakili Batumining "Dinamo" jamoasi bilan nazorat o‘yini o‘tkaziladi.
Uchrashuvda olmaliqliklar quyidagi tarkibda maydonga tushadi.
"Olmaliq": To‘raev, Inomov, Mullajonov, Kasminin, Berdimurodov, Muxtorov, Grigalashvili, Isaev, Rahmatullaev, Usmonov, O‘rinboev.
Zaxiradagilar: Xodjaev, Ziyovutdinov, Hojiakbarov, Aziz Suyunov, Shoxrat Soyunov, Pasichnik, Jo‘raev, Norbekov, Rajabov, G‘ulomov, Klishin, Murzoev.

Bu uchrashuvda “Olmaliq” tarkibida Turkmaniston terma jamoasi va "Oltin asr" jamoasi futbolchisi Shoxrat Soyunov ham maydonga tushishi mumkin.

Fikrlar