Oqgul ikki yarim soatda AQSh tennischisini taslim qildi
Turkiyaning Izmir shahrida xotin-qizlar ishtirokida boshlanshan xalqaro turnirning birinchi davrasida eng keskin va murosasiz uchrashuv o‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova hamda amerikalik Sanaz Marand o‘rtasida bo‘ldi.
Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan bellashuvning birinchi seti 7:5 hisobida amerikalik raketka ustasi foydasiga hal bo‘ldi. Keyin partiyalarda hujumkor o‘yin ko‘rsatgan Oqgul raqibasini qiyin ahvolga soldi. Natija ketma-ket ikki setda 6:3, 6:2 hisobida zafar quchgan o‘zbekistonlik tennischi keyingi davraga o‘tdi.
Oqgul Omonmurodova navbatdagi uchrashuvni birinchi raqamda saralangan bolgariyalik Viktoriya Tomova va turkiyalik Ilay Yoruk o‘rtasidagi bahs g‘olibasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar