Osiyo kubogi-2019. Dastlabki yarimfinalchi aniq
Dubaydagi "Al-Maktum" stadionida kechgan uchrashuvda yaponlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 57-daqiqada Doan Ritsu tomonidan penaltidan kiritildi. Shu tariqa Xajime Moriyasu shogirdlari yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Endi "kunchiqar yurt vakillari" final yo‘lida Xitoy - Eron qarama-qarshiligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar