
Osiyo o‘yinlari. Bobousmon Baturov ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafani himoya qilayotgan Bobousmon Baturov tailandlik Arde Saylomga qarshi ringga chiqdi.
Mazkur bellashuvda hakamlar Baturovning 4:1 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, 23 yoshli bokschimiz ham finalga yo‘l olishdi.
Oltin medal uchun kechadigan jangda hamyurtimizga qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Jasurbek Latipov va Shunqor Abdurasulovlar ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi.
Fikrlar