Osiyo o‘yinlaridagi eng yaxshi natijamizni qayd eta olamizmi?

CHERY AUTO

Bugungi kun o‘zbek sportchilari uchun har doimgidanda omadliroq keldi. O‘yinlarning 11-kunidan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 45 taga etdi. Hamyurtlarimiz shu kungacha 12 ta oltin, 17 ta kumush va 16 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Tecno

Bu orqali O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo o‘yinlaridagi o‘z rekordini yangilash arafasida. Musobaqa yakunlanishiga uch kun qolganida vatanimiz sportchilari delegatsiyamiz ishtirok etgan barcha Osiyo o‘yinlaridagi eng yaxshi natijani qayd etish uchun bir qadam masofada turishibdi. Hali oldinda boks, baydarka va kanoeda eshkak eshish, sambo kabi medal kutilayotgan sport turlari bor ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu natijamiz yanada yaxshilanadi.

Demak, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz medallar sifati bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini ko‘rsatishga juda-juda yaqin turibdi. Qayd etib o‘tish lozimki, o‘zbek sportchilari Indoneziyada 14 ta sport turida shohsupaga ko‘tarilishdi.

Taqqoslash uchun, O‘zbekiston sport delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasi 2002 yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha yilgi bahslarda hamyurtlarimiz 15 ta oltin, 12 ta kumush va 24 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.

Osiyo Olimpiadasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasining asosiy maqsadi vatanimiz mustaqilligining 27 yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a tayyorlash va shu orqali biz uchun duoda bo‘lib turgan xalqimizni, sportchilarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan Prezidentimizni xursand qilishdan iboratdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!