O‘zbek bokschilari bir juft oltin medalga sazovor bo‘ldi

  • 24.03.2017 00:05
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Anapa shahrida Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

 

Ushbu musobaqada mezbonlardan tashqari, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Armaniston, Belarus, Gruziya, Irlandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Malta, Shotlandiya, Estlni va Tojikistondan kelgan 1999-2000 yillarda tug‘ilgan bokschilardan tarkib topgan terma jamoalar qoliblik uchun kuch sinashdi.

O‘ninchi marotaba tashkil etilgan musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh bokschilardan Samandar Xolmurodov va  Halimbek O‘taganov o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning oltin medali bilan taqdirlandi.

Turnirda ishtirok etgan bkoschilarimizdan Bilol Mirzarahimov va Javohir Tog‘aymurodov bronza medalga loyiq ko‘rildi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!