O‘zbek karatechilari jahon chempionatidan 7 ta medal bilan qaytishdi

CHERY AUTO

17-18 noyabr kunlari Qozog‘istonning Almata shahrida KyodoKyokushin karate bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. G‘oliblik uchun 511  nafar sportchi kurash olib borgan chempionatda O‘zbekiston sharafini «NUR-HAS» karate markazining to‘qqiz nafar sportchilari himoya qilishdi.

Tecno

Ilk kungi natijalarga ko‘ra, kata bahslarida hamyurtimiz Mutal Nazarov kumush, Jaxongir Xaydarov bronza medalga sazovor bo‘ldi.

karate 2

Jahon chempionatining ikkinchi kuni kumite bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. O‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalarda sportchilarimizdan Tolib Mardonov va Og‘abek Holiqulov o‘z vazn toifalarida yarim final uchun o‘tgan keskin janglarda raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. Sevinchbek Qarshiev hamda Ibrohim Rajabov esa yakunda jahon chempionatini bronza medal bilan yakunlashdi.

karate 1

Kattalar o‘rtasida o‘tgan musobaqalarda Fazliddin Hayotov yarim final yo‘lida yurishini to‘xtatdi. Mutloq og‘ir sportchilar musobaqasida ishtirok etgan Nurbek Xushmanov va Rustam Zoirov ham bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga yozib qo‘yishdi.

Tomoshabinlar diqqat e’tiborini tortgan qiziqarli janglar mutloq og‘ir vazn toifasidagi qora belbog‘ sohiblari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. -90 kilogramm vaznga ega bo‘lgan hamyurtimiz Mutal Nazarov yarim finalda og‘irligi 140 kilogramm bo‘lgan qozog‘istonlik Aleksey Polyakovni mag‘lub etib finalga chiqdi.

karate 3

Ukrainalik Dmitriy Boklashuk bilan o‘tgan final jangining asosiy vaqtida esa tomonalar imkoniyati teng baholandi. G‘olib nomi qo‘shimcha vaqtlarda aniqlanadigan bo‘ldi va yakunda hakamlarning qarori bilan g‘alaba ukrainalik sportchi hisobiga yozildi.

Shunday qilib «NUR-HAS» karate markazi vakillari jahon chempionatida 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega bo‘lishdi.

karate 5

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!