O‘zbek klubi KXLda ishtirok etishi mumkin

  • 13 fevral, 2019, 17:01
  • 3
  • Xokkey
CHERY AUTO

Biroq, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ushbu sport faoliyatida biroz uzilish paydo bo‘lgan va O‘zbekistonda xokkey taraqqiyoti to‘xtab qolgandi. Bugunga kelib shaxsan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan qishki sport turlarini, jumladan xokkeyni ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda yurtimizda xokkey federatsiyasi ham faoliyat olib bormoqda.

Tecno

Bugun, 13 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

h4-2

Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federatsiya raisiga birinchi o‘rinbosar saylashdan iborat edi. Shu munosabat bilan mazkur lavozimga “Binokor” xokkey klubi menejeri Iskandar Qosimovich Shodiev nomzodi ilgari surildi. Konferentsiya ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qildilar. Shu tariqa, I.Shodiev O‘zbekiston xokkey federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

«Menga ana shunday imkoniyat berilganidan xursandman. O‘zbekistonda xokkey asta-sekinlik bilan rivojlantirilmoqda. Bu yildan milliy chempionat ham tashkil etildi. Poytaxtimizda katta muz arenasi bunyod etilmoqda. Maqsadimiz – xokkeyni Respublika bo‘ylab rivojlantirishdir. Birgalikda ishlab kelajakda muvaffaqiyatlarga erishamiz va vaqti kelib KXLda ham o‘z jamoamiz bo‘ladi», – dedi Iskandar Shodiev.

h2-2-800x536

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Тога
14/02/2019 13:45
Дарвеш:-Руслар айтадику там билан ранга огайни йук. Хулоса шу инфратузилма яратиб ушбу спортни хам ривожлантириш керак мен амин манки, футболдан олдин бизлар хоккей буйича жахон мусобакалари иштирокчиси буламиз.
&
darwesh
14/02/2019 13:32
Нима кераги бор узбекистонда хоккей. Киммат ва узига хос спорт тури. Биздан яхши хоккейчи чикишига ким ишонади
Anjanlik
13/02/2019 22:34
Zo‘r bo‘lardi...Hokkey ham qiziqarli sport turi