
O‘zbek klublari tarixidan – “Buxoro”
Buxoro shahri bosh jamoasi mustaqil O‘zbekistonning dastlabki chempionatlarida ancha muvaffaqiyatli mavsumlar o‘tkazgan. Jumladan, birinchi marta o‘tkazilgan milliy chempionatda “Buxoro” sensatsion tarzda to‘rtinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgan. 1993 yilda beshinchi o‘rinni egallagan jamoa, 1994 yilda kumush medallarga ega chiqadi. Mazkur natija hozirga qadar “Buxoro” uchun milliy chempionatimizda qayd etilgan eng yaxshi natija sifatida e’tirof etib kelinadi.
Qayd etish joizki, “Buxoro” klubi 2009 yilgacha O‘zbekiston Oliy ligasida muntazam ravishda qatnashib kelgan. Lekin o‘sha yili jamoa 15 o‘rinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketgan.
2010 yilgi mavsumda “Buxoro” Birinchi ligada birinchi o‘rinni egallab, Oliy ligaga qaytdi. 2011 yildan buyon O‘zbekiston chempionati elitasida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
“Buxoro” so‘nggi ikki mavsumda musobaqa jadvalida 6-pog‘onani band etdi.
Erishgan eng yaxshi natijasi:
O‘zbekiston chempionati vitse-chempioni (1994)
Jamoada to‘p surgan mashhur futbolchilar:
Usmon Toshev, Mustafa Belyalov, Ulug‘bek Baqoev, Viktor Karpenko, Gennadiy Sharipov, Vladimir Shishelov, Igor Ivanov, Temur Sultonov, Rinat Sayfulin, Muhsin Muhammadiev, Baxtiyor Hojiahmedov, Pavels Leus, Arturas Fomenko, Tadas Grajyunas, Predrag Vuyovich.
Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar:
Mustafa Belyalov, Islom Ahmedov, Hakim Fuzaylov, Usmon Toshev, Rauf Inileev, Gennadiy Kochnev, Tachmurad Agamuradov, Edgar Gess.
Manba: O‘zPFL
Fikrlar