O‘zbek kurashchilari Osiyo chempionligi uchun kurashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hindistonda yunon-rum,erkin va ayollar kurashi bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.

 

Qit’amizning eng kuchli kurash ustalari ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Osiyo chempionatida har bir yo‘nalishda sakkiztadan medal jamlanmasi o‘ynaladi.

Musobaqaning dastlabki kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha beshta vazn toifasida gilamga chiqadi.

Terma jamoamizning eng kuchli kurashchilaridan Elmurod Tasmurodov 66 kilogramm vazn toifasidagi birinchi uchrashuvini qirg‘izistonlik Nurbek Abdug‘anievga qarshi o‘tkazadi.

Og‘irligi 75 kilogramm bo‘lgan kurashchilar bahsida Dilshod Turdiev hindistonlik Singh Gurprit bilan kuch sinashadi.

Iste’dodli yosh kurashchimiz Jonibek Otabekov 80 kilogramm vazn toifasidagi birinchi uchrashuvini xitoylik Junjie Naga qarshi o‘tkazadi.

Tajribali polvonimiz Rustam Assakalov 98 kilogramm vazn toifasida yaponiyalik Yuta Nara bilan bel olishadi.

O‘ta og‘ir - 130 kilogramm vazn toifasida Mo‘minjon Abdullaev mezbonlar vakili Navin Navinga qarshi kilamga chiqadi.

Uchrashuv natijalarini SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!