O‘zbekiston Kubogi finali prevyusi: AGMK - "Paxtakor"
Hozirga qadar O‘zbekiston Kubogida "Paxtakor" 13 marta finallarda ishtirok etgan. Finallarning 11tasida muvaffaqiyatga erishilganini eslatib o‘tamiz. Hal qiluvchi bahslarda atigi ikki bor "Sherlar" mag‘lubiyatga uchrashgan. 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009 va 2011 yillarda "Paxtakor" O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylangan.
Oxirgi marta "Paxtakor" O‘zbekiston Kubogi finalida 2011 yil o‘ynagan va o‘shanda "Nasaf"dan 3:1 hisobida ustun kelgan.
Kubok bahslari doirasida ushbu jamoalar hozirgacha biror marta to‘qnash kelishmagan. Ilk o‘yin finalda bo‘lib o‘tadi.
"Paxtakor"ning finalgacha bosib o‘tgan yo‘li:
1/8 final
"Iftixor" - "PAXTAKOR" - 0:6
Gollar: Hakimov, 34, 73, Yaxshiboev 48, 50, Abdurahimov 54, Ibrohimov 83.
Chorak final
"PAXTAKOR" - "Lokomotiv" - 4:0
Gollar: Krimets 21, Bezerra 53, 82, Sergeev 88.
Yarim final
"Qo‘qon-1912" - "PAXTAKOR" - 2:5
Gollar: Xolmuhammedov 6-pen, Berdiev 90+1 - Bezerra 1, 77, Rahmatullaev 21, Gonsalvesh 45+1, Masharipov 66.
AGMKning finalgacha bosib o‘tgan yo‘li:
1/16 final
AGMK - "Norin" - 1:0
Gol: Polvonov.
1/8 final
AGMK - "Nasaf" - 2:1
Gollar: Zokirov 29, Yokich 30 - Rahmatov 74.
Chorak final
AGMK - "Mash’al" - 3:1
Gollar: Murzoev 79, Bubanya 111, Hasanov 120+1 - Murtazoev 57.
Yarim final
"Bunyodkor" - AGMK - 1:2
Gollar: Toshmatov 80 - Muzaffarov 57, Polvonov 63.
AGMK va "Paxtakor" o‘rtasidagi final o‘yini 28 oktyabr kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida soat 15:00da boshlanadi.



Fikrlar