Asosiy mazmunga oʻtish

O‘zbekiston U-16 termasi nazorat uchrashuvida "Spartak 2003" jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi

Shahzod
Izohlar: 0

Poytaxtimizda davom etayotgan yig‘in 18 fevral kuni yakuniga etadi.

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi poytaxtimizdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Terma jamoa bosh murabbiyi Azamat Abduraimov yig‘in davomida terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o‘tkazmoqda. Shuningdek, terma jamoa a’zolari "Chig‘atoy", "Paxtakor 2004" jamoalariga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazib, ularda g‘alaba qozonishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Kecha O‘zbekiston U-16 "Spartak 2003" jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi. O‘yin 2:0 hisobida Azamat Abduraimov shogirdlari g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q