
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi yig‘in doirasida nazorat uchrashuvlari o‘tkazmoqda
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi shu kunlarda "Chig‘atoy" sport majmuasida yig‘inga kirishgan.
Yig‘in ikki bosqichda o‘tkazilib, unda 50 nafar futbolchi qatnashishi rejalashtirilgan. Yig‘ining birinchi qismida 25 nafar futbolchi sinovdan o‘tkazilmoqda. Yig‘in davomida terma jamoa bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jaev jamoa asosini shakllantirish ishlarini amalga oshiryapti. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Shu maqsadda bir qator nazorat uchrashuvlari ham o‘tkazilmoqda. Jumladan, kecha O‘zbekiston U-18 terma jamoasi "Bunyodkor" yoshlar jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuv Otabek G‘ulomxo‘jaev shogirdlarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bugun soat 13:00da terma jamoa a’zolari "Lokomotiv" jamoasi yoshlariga qarshi yana bir nazorat uchrashuvi o‘tkazishadi.
Fikrlar