O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi nazorat uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 20.07.2018 21:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Namanganda yig‘in o‘tkazmoqda. 
 
O‘FA rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra bugun 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchi qizlarimiz Kosonsoy shahrida "Qo‘qon-1912"  ayollar jamoasi bilan nazorat o‘yini o‘tkazishdi. Uchrashuv 8:2 hisobida O‘zbekiston U-19 terma jamoasining g‘alabasi bilan yakuniga etdi.

Terma jamoamiz nazorat uchrashuvini quyidagi tarkibda boshladi: Sevara Nurullaeva, Mahliyo Nazarqulova, Husniya G‘anieva, Laylo Shodieva, Madina Hikmatova, Gulzoda Saidova, Shahrizoda Zaynitdinova, Laylo Tosheva, Shahnoza Qurbonova, Arina Smirnova, Tojiniso Rashidova. 

O‘zbekiston U-19 tarkibida gollarga Tojiniso Rashidova (2ta), Shahnoza Qurbonova (3ta), Arina Smirnova,  Guljamol Normatova va Diyora Erkinovalar mualliflik qilishdi.

O‘zbekiston U-19 terma jamoasining Namangandagi yig‘ini 25 iyulga qadar davom etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!