O‘zbekiston kubogi. "Qo‘qon-1912" nimchorak finalga yo‘l oldi
Jamoamiz O‘zbekiston kubogida muvaffaqiyatli start oldi. 1/16 final doirasida Termizda “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushgan vakillarimiz maydon egalarini mag‘lubiyatga uchratishdi deya klub matbuot hizmati xabar bermoqda.
Futbolchilarimiz o‘yinni ancha faol boshlashdi. Dastlabki daqiqalardan oldinga tashlangan futbolchialrimiz 22-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yinda hisobni ochish Nosir Otaqo‘zievga nasib etdi. Autdan tashlangan to‘pni Otaqo‘ziev boshi bilan mezbonlar darvozasiga joylab qo‘ydi.
26-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarimadan yo‘llagan zarbasi kuchli, lekin biroz yuqoridan ketdi.
30-daqiqada Suhrob Berdiev chap qanotdan ajoyib reyd uyushtirib, zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida mezbonlar darvozamiz tomon dastlabki aniq zarbani yo‘llashdi. Ribkin bu vaziyatda bexato harakat qildi.
Birinchi taym shu hisobda yakun topdi.
Ikkinchi bo‘limni mezbonlar faol boshlashganiga qaramay, gol kiritish futbolchilarimizga nasib etdi. 58-daqiqada qarshi hujumdan so‘ng Otaqo‘ziev to‘pni darvozabonni ustidan oshirib parashyut usulida ikkinchi golni kiritdi.
79-daqiqada maydon egalari hisobni qisqartirish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lishgandi. Ribkin jamoamizni yaqqol goldan saqlab qoldi. Mezbon futbolchi deyarli birga bir vaziyatda zarba bergan edi.
Qolgan daqiqalarda har ikki jamoada to‘p kiritish uchun qator imkoniyatlar vujudga kelganiga qaramay, uchrashuvdagi hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Shu tariqa Nosir Otaqo‘zievning dubli evaziga O‘zbekiston kubogi 1/8 finaliga yo‘llanma oldik.
Surxondaryolik muxlislar katta futbolni sog‘inib qolishgani uchun jamoalarini karnay-surnay sadolari ostida qizg‘in qo‘llashdi.
Aytgancha, bugungi bahsda maydon egalari safida – “Qo‘qon-1912”ning ikki nafar sobiq futbolchilari Ilhom Komilov va Mirjalol Qurbonovlar harakat qilishdi.
O‘zbekiston Kubogi
1/16 final
«Surxon» (Termiz) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) 0:2 (0:1)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), S. Hakimov (Samarqand), Sh. Qamarov (Samarqand), N. Muhammadieva (Termiz)
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
Gollar: Nosir Otaqo‘ziev 22, 58.
“Surxon”: 35. Sherzod Abduraimov, 3. Ilhom Komilov, 4. Mirjalol Qurbonov, 5. Najmiddin Normurodov, 6. Nuriddin Hasanov, 9. Nizomjon Norov, 10. Sarvar Xolmatov, 17. Farrux Haydarov, 21. Akmal Abdurahmonov, 22. Akbar Murodov, 30. Sayriddin Gafforov.
Zaxira: 12. Aleksandr Korneychuk, 2. Ubaydullo Xaliqulov, 7. Bahriddin Amonov, 20. Xurshid Yuldashev, 27. Sanjar Shomurodov, 33. Sirojiddin Allaev, 77. Jonibek Kuchimov.
“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 8. Sobir Hamidov (25. Iqbol Malikjonov-80), 9. Nosir Otaqo‘ziev (96. Muhammadanas Hasanov-78), 19. Suhrob Berdiev, 23. Aleksandr Merzlyakov (19. Avaz Mamatxo‘jaev-82), 24. Ibrohim Rahimov, 26. Akmal Xolmurodov, 77. Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullaev, 85. Ruslan Meleziddinov, 97. Oybek Rustamov.

Fikrlar