O‘zbekiston kubogi g‘olibiga qarshi o‘ynagan "Andijon" endi O‘zbekiston vitse-chempioni bilan ham o‘ynaydi
Xabaringiz bor shu kunlarda aksariyat jamoalar yangi mavsumga poytaxtda tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Jumladan Superliga debyutanti hisoblangan “Andijon” ham.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda “burgutlar” 19 yanvar kuni “Paxtakor”ga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazishadi. O‘yin “Jar” stadionida soat 14:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Sakaev boshchiligidagi "Andijon" bundan avval O‘zbekiston kubogi sohibi - AGMK klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar