
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Antaliyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi
Yig‘in doirasida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi. Jumladan, Ozarbayjonning "Keshla" (0:0), Rumiyaning "Mediash" (1:3) klublari bilan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi va bu uchrashuvlarda murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olishdi.
Kecha Antaliyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Vakillarimiz Qozog‘istonning "Taraz" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Nazorat o‘yini
"Taraz" (Qozog‘iston) - O‘zbekiston OTJ 1:0
Gol: Gavril Kan
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini Tokio-2020 musobaqasiga serbiyalik tayyorlaydigan Lyubinko Drulovich bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Drulovich tez orada o‘z rejasini taqdim qiladi va ana o‘sha reja asosida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko‘radi.
Fikrlar