
Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi: Eski tarkibdan nari borsa 7-8 futbolchi jalb etiladi
"Hayrli kun qadrli do‘stlar. Shuni ta’kidlash joiz, men bir oy oldin bu erga kelib O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi rejalari bilan tanishgan edim. Ushbu loyiha menda yaxshi taassurot qoldirdi. O‘ylaymanki, kerakli natijaga erisha olamiz.
Bundan oldingi olimpiya termasi Osiyo chempioni bo‘lgan. Bu safargi bahslarda o‘sha tarkibdan nari borsa 7-8 futbolchi bo‘ladi. O‘zbekistonlik futbolchilarning saviyasi yaxshi va shu bois tarkibni shakllantirishda qiyinchilik bo‘lmaydi deb o‘ylayman.
Bizning 2 oy vaqtimiz bor. Saralash bosqichini o‘z uyimizda o‘tkazamiz va bor e’tibr ana shu musobaqaga qaratilgan. Nasib etsa, vazifani uddalaymiz.
Murabbiylar shtabida 2 ta serbiyalik mutaxassis faoliyat olib boradi. Men rus tilini bilmayman va ular orqali futbolchilar bilan muloqot qilaman. Qolaversa Ravshan Haydarov ham bizga yordamlashadi. Bir oy oldin ular bilan o‘zaro gaplashgan edik. Ravshan Haydarovning maslahatlariga albatta quloq tutiladi.
O‘ylashimcha, tarkibni tashlab olish uchun etarli mudat deb o‘ylayman. Fevral oyida Toshkentda 10 kunlik yig‘in tashkil etiladi. So‘ngra Ispaniyada ham o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari olib boriladi. Menimcha, shuncha muddat davomida musobaqaga tayyor bo‘lish mumkin.
Hozircha, shuni ayta olamanki, raqiblar haqida ma’lumotlar bor. Murabbiylar shtabi shakllantirilmoqda va hali yana bu borada batafsil ma’lumotlar yig‘iladi", - dedi serbiyalik mutaxassis.
Fikrlar