O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorlikda turnir tashkillashtirdi
Poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida tarmoq Respublika Kengashi tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari, paralimpiya sportchilari ishtirokida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada O‘zbekiston iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlaridan iborat 8ta jamoa (“Stroygorod”, “Suvsoz”, “Plasteks”, “UZTEX”, “Master delikatesov”, “DIMAX”, “Toshissiqquvvati”, “UZEX”) hamda palimpiya sportchilaridan iborat “Qaldirg‘och”, “Lochin” jamoalari ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida esa g‘oliblik “Suvsoz” jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni “DIMAX” vakillariga nasib etdi. Shuningdek, kuchli uchlikni esa “Master delikatesov” jamoasi yakunlab berishdi.
Shuningdek, paralimpiya sportchilarining “Lochin” va “Qaldirg‘och” jamoalari diplom, ramziy kubok va ularning har biri tashkilotchilar, homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Fikrlar