O‘zbekiston terma jamoasi BAAni yirik hisobda mag‘lub etdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Hisob bo‘yicha beshinchi musobaqada futzal bellashuvlariga ham start berilgan. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi o‘z yurishini boshladi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz musobaqani BAAga qarshi o‘yin bilan boshlashdi. Toshkent vaqti bilan 19:00da start olgan o‘yinda hamyurtlarimiz 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Ashxobod-2017". Futzal
2-tur, 18.09.2017. "B" guruhi
O‘zbekiston 5:1 BAA
Gollar: Artur Yunusov 10, Davron Choriev 13, Farhod Abdumavlonov 20, Dilshod Rahmatov 27, Konstantin Sviridov 34 - Al Shamsi 19

Fikrlar