O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod murabbiy italyan klubini boshqaradigan bo‘ldi
Italiyaning “Torino” klubiga Valter Matstsari rasman bosh murabbiy etib tayinlandi. Kecha “Yuventus”ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Sinisha Mixaylovichni iste’foga chiqarilgan edi.
Klub rasmiy saytida yozilishicha, 56 yoshli Matstsari jamoa bilan tanishdi va o‘zining birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Qayd etish joiz, O‘FF rasmiy saytida ilgariroq, Valter Matstsari bilan muzokara olib borayotgani borasida xabar chiqqan edi.

Fikrlar