
O‘zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi ertaga yig‘inni boshlaydi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi ertadan navbatdagi yig‘inga kirishadi. Bosh murabbiy Xose Mariya Mendez ushbu yig‘inga 16 nafar futzalchini taklif qilgan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan o‘tkaziladi. Yig‘in so‘nggida vakillarimiz 27 va 28 yanvar kunlari Toshkentda Tojikiston yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi.
O‘zbekiston (U-20) terma jamoasi yig‘iniga chaqirilganlar:
Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘in 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda, tarixda ilk marotaba o‘tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi bo‘ladi.
Fikrlar