
O‘zbekistonlik hakam Eron - Livan uchrashuvida ishlaydi
O‘zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarga taklif etilayotgani va o‘sha musobaqalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Xususan, Edita Mirobidova Tailandda bo‘lib o‘tayotgan ayollar o‘rtasidagi Olimpiada-2020 musobaqasi saralashining birinchi bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlarda ishlash uchun taklif etildi. Bugun hamyurtimiz "V" guruhidan o‘rin olgan Eron - Livan uchrashuvida to‘rtinchi hakam sifatida ishlaydi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Vetnam termasi bilan birgalikda ushbu saralashning keyingi bosqichiga yo‘l olganini ham ta’kidlab o‘tish kerak.
Fikrlar