O‘zbekistonlik kurashchi Evropada shohsupaga ko‘tarildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi safida bir necha marotaba qit’a chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan Rashid Qurbonov joriy mavsumdagi dastlabki sovrinini Evropada qo‘lga kiritdi.

 

Estoniyaning Tartu shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan "Kristjan Palusalu Memorial - 2017" turnirida ishtirok etgan hamyurtimiz vazni 86 kilogramm bo‘lgan erkin kurashchilar bahsida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Rashid Qurbonov final uchrashuvida rossiyalik Anatoliy Serezenkovni katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!