O‘zbekistonlik mutaxassis osiyolik hakamlarga dars beradi

  • 8 noyabr, 2018, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
FIFA va OFK o‘zbekistonlik futbol hakamlari hamda mutaxassislariga yuksak ishonch bildirayotganidan futbol muxlislarining xabarlari bor. 
 
Osiyo futbol konfederatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2018 yilning 20-30 noyabr kunlari OFKning yuqori darajali hakamlari va yordamchi hakamlari uchun o‘quv kurslarini tashkil qilmoqda. 
 
Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan ushbu o‘quv kurslariga OFK va O‘FA instruktori Farhod Abdullaev konsultant etib tayinlandi. Mazkur hakamlik kurslarida Osiyoning etakchi referilari va assistentlari qatnashishadi.
 
Bundan tashqari, shu yilning 2-7 dekabr kunlari Tailandda Osiyodagi hakamlarning malakasini oshirish va hakamlikni rivojlantirishga qaratilgan seminar o‘tkaziladi. Hamyurtimiz Farhod Abdullaev ushbu seminarga konsultant sifatida taklif etildi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!