O‘zbekistonning yangi chempionlari bilan tanishing!
Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida boks bo‘yicha 2000-2001 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqvim rejasiga muvofik mamlakatimiz terma jamoasi uchun munosib o‘rindoshlarni saralash maqsadida O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada 220 charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Mazkur chempionatda Murodjon Eshquvvatov, Suhrob Jumaev, Xurshidbek Rasuljonov, Abdulaziz Odilov, Javolonbek Yo‘ldoshev, Asadbek Shodiboev, Suhrobjon Qayumov, Temurbek Sa’dullaev, Akbarjon Asqarov, Jamshid Xudoyberganov, Temur Atabaev o‘z vazn toifalarida shohsupaga ko‘tarildi.
Fikrlar