
PSJ Bonuchchini qanday qo‘lga kiritmoqchi?
“Milan” klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli italiyalik futbolchi agar UEFA “rossonerilar”ni Evropa ligasidan chetlatsa, u holda u jamoadn ketadi. Parijliklar esa aynan shu vaziyatdan foydalanib Bonuchchini o‘z tomoniga og‘dirib olishmoqchi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda PSJ allaqachon Bonuchchi borasida “Milan”ga taklif bilan chiqqan. Ammo, A Seriya grandi ushbu taklifni rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” Bonuchchini bundan roppa-rosa bir yil avval “Yuventus”dan 42 mln evro evaziga xarid qilgan edi.
Fikrlar