
PSJ Di Mariya uchun Evropadagi so‘nggi klub bo‘ladi
PSJ klubi yarim himoyachisi Anxel di Mariya yaqin vaqt ichida jamoasini o‘zgartirmoqchi emas. 30 yoshli argentinalik futbolchi Parij klubiga 2015 yili kelgan edi. Uning parijliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2019 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
– Men har doim faoliyatimni Argentinada tugataman deb aytaman, – deya Di Mariyaning so‘zlarini keltiradi Le Figaro nashri. – Umid qilamanki, PSJ mening Evropadagi so‘ngggi jamoam bo‘lib qoladi.
Fikrlar