PSJ Rakitich evaziga "Barsa"ga Drakslerni bermoqchi

  • 22.08.2018 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi rahbariyati hamon "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichni sotib olish borasida ish olib bormoqda.

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 30 yoshli xorvatiyalik futbolchining 125 million evrolik transfer narxini tushirish uchun germaniyalik yarim himoyachisi Yulian Drakslerni kataloniyaliklarga berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Drakslerga La Liganing boshqa bir grandi – “Sevilya” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!