PSJ braziliyalik futbolchi uchun Xitoy klubi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi

  • 07.01.2019 13:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Lill" yarim himoyachisi Tyago Mendes PSJning joriy qishki transferlar davridagi asosiy nishoniga aylandi.

Le10Sport tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar bu borada Xitoy klubi bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki, 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun Xitoy klubidan ham jiddiy takliflar bor. Uning transferi esa 30 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Mendes joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 1ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!