PSJ ham Kuadrado uchun kurashga qo‘shildi
Turinning “Yuventus” klubi xavbeki Xuan Kuadrado PSJ klubining qizqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda TMW nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha tomonlar ushbu masala yuzasidan o‘zaro muzokaralarni boshlab yuborishgan. Biroq, hozircha futbolchining transferi borasidagi aniq ma’lumotlar e’lon qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli kolumbiyalik futbolchi o‘tgan mavsum Italiya A Seriyasida jami 30ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar