
Pakyao – Matisse, Uayt – Pakrer: Iyul oyida bo‘ladigan professional boksning super janglari...
Yoz oyining eng issiq kunlarida – iyul oyida professional boks ishqibozlari bir-biridan qiziqarli janglar guvohiga aylanishadi.
Bundan tashqari O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan ilk bora tashkil qilingan professional bokschilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati ham yakuniga etib bormoqda.
Mazkur o‘ziga xos musobaqaning dastlabki yarim final janglariga Xonobod shahri (Andijon) mezbonlik qilgan bo‘lsa, 14 iyul kuni navbatdagi finalchilar aniqlanadi. Janglar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng professional bokschilar o‘rtasida ilk O‘zbekiston chempionlari aniqlanadi.
Shuningdek, ushbu oyda jahon boks olamida ham qator super janglar tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Ular bilan tanishing.
Menni Pakyao (Filippin, 59-7-2, 38 KO) – Lukas Martin Matisse (Argentina, 39-4-0, 36 KO)
Sana: 15 iyul. Joy: Kuala-Lumpur, Malayziya.
O‘tgan yili avstraliyalik Jeff Xornga imkoniyatni boy bergandan so‘ng superyulduz Menni Pakyao sportdagi faoliyatini yakunlamaslikka qaror qildi. U murabbiylar shtabida ko‘p yillik hamkorlari Freddi Rouch va promouter Bob Arum bilan aloqalarga chek qo‘yib, o‘zgartirish kiritdi. Bundan tashqari Menni AQShda soliqlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lgani uchun ringga chiqmaydi, ajoyib tabiatga ega Malayziyada jang qilishni ma’qul ko‘rdi.
Pakmenning raqibi mashhur argentinalik nokautchi Lukas Martin Matisse. Ayni damda bu bokschi yarim o‘rta vazn toifasida WBA versiyasi muntazam chempionligi bor. Har ikki bokschi ham o‘zining funktsional imkoniyatlaridan kelib chiqib, boks ishqibozlariga ajoyib jang tashkil qilib berishni maqsad qilgan.
Murat Gassiev (Rossiya, 26-0-0, 19 KO) – Aleksandr Usik (Ukraina, 14-0-0, 11 KO)
Sana: 21 iyul. Joy: Moskva, Rossiya.
Uzoq tortishuvli muzokaralardan so‘ng Butunjahon boks superseriyasi (World Boxing Super Series) birinchi mavsum og‘ir vazn toifasida final jangi Moskvada bo‘lib o‘tadi. Mazkur qarama-qarshilikda rossiyalik bokschi Murat Gassiev va ukrainalik Aleksandr Usik o‘zaro to‘qnash kelishadi. Bokschilar bu jangda jahonning barcha asosiy chempionlik kamarlari – Gassievga tegishli bo‘lgan WBA (Super) va IBF hamda Usik egalik qilib kelayotgan WBC va WBO kamarlari uchun kurash olib borishadi. Shuningdek, g‘olib bokschi mashhur The Ring jurnali kamarini ham qo‘lga kiritadi.
Shunday ekan g‘olib mutloq jahon chempionlikni ham qo‘lga kiritadi. Taxminlarga ko‘ra, raqiblar bu jangdan so‘ng o‘zaro revansh jangini ham o‘tkazishlari mumkin.
Sesiliya Breykxus (Norvegiya/Kolumbiya, 33-0-0, 9 KO) – Inna Sagaydakovskaya (Rossiya, 7-0-0, 3 KO)
Sana: 21 iyul. Joy: Moskva, Rossiya.
Gassiev – Usik to‘qnashuvining andekart jangida ayol bokschilar orasida muvafaqqiyatli yurishini davom ettirib kelayotgan kolumbiya-norvegiyalik Sesiliya Breykxus ringga chiqadi. U 11 yillik professional faoliyati davomida bir marta mag‘lubiyat alamini tortmagan. Deyarli to‘rt yildan beri Breykxus yarim o‘rta vazn toifasida WBC, WBA, IBF, WBO va IBO versiyalari bo‘yicha mutloq jahon chempioni bo‘lib kelmoqda.
Bu gal unga rossiyalik Inna Sagaydakovskaya raqiblik qiladi. U profi-ringda 2,5 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda, ammo birinchi o‘rta vazn toifasida WBC talqini bo‘yicha vaqtinchalik chempionlikni qo‘lga kiritishga ulgurdi va professional ringda mag‘lubiyatga uchramagan.
Xayme Munguiya (Meksika, 29-0-0, 25 KO) – Layam Smit (Angliya, 26-1-1, 14 KO)
Sana: 21 iyul. Joy: Las-Vegas, Nevada, AQSh.
21 yoshli meksikalik Xayme Munguiya may oyida kutilmagan holda birinchi o‘rta vazn toifasida WBO chempionligini qo‘lga kiritdi. U bu jangda chempion amerikalik Sadam Alini mag‘lub qilgan edi.
Bungacha Munguiyaning raqibi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin bo‘lishi mumkin edi, ammo Saul Alvaresning ijobiy doping nazoratidan so‘ng nomzodlar qatoridan chiqdi. Nevada shtati atletik komissiyasi tajribasiz meksikalik bokschini ko‘p yillik chempion Golovkinga munosib raqib deb topmadi. Munguiya esa buning o‘rniga birinchi o‘rta vazn toifasida jahon chempionligi uchun kurashdi va maqsadiga etdi.
Mana ikki oy o‘tib, ushbu yosh bokschi britaniyalik sobiq chempion Layam Smitga qarshi himoya jangini o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu bokschi o‘z vaqtida Munguiyaga tegishli bo‘lib turgan WBO kamariga egalik qilgan.
Mayki Garsiya (AQSh, 38-0-0, 30 KO) – Robert Ister (AQSh, 21-0-0, 14 KO)
Sana: 28 iyul. Joy: Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh.
Kamarlarni birlashtiruvchi engilmas bokschilar ishtirokidagi qarama-qarshilik yozning eng qiziqarli to‘qnashuvlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Engil vaznda meksika-amerikalik Mayki Garsiya va amerikalik Robert Ister profi-boksning eng shov-shuvli janglaridan biri bo‘ladi. Garsiya vazn toifasidan tashqari jahonning eng yaxshi charm qo‘lqop ustalaridan biri hisoblanadi. Yaqinda u rossiyalik Sergey Lipintsni mag‘lub qilib, o‘z divizionida birinchi yarim o‘rta vaznda to‘rtinchi chempionlik kamari – IBFni qo‘lga kiritdi.
Keyin Mayki bu tituldan voz kechdi va engil vaznga qaytdi. Garsiya uchun Ister ko‘pgina muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Uning bo‘yi 180 sm va qo‘llarining kengligi 193 sm.
Ammo boksdagi faoliyatida Mayki tajribaliroq hisobladi. Agar Garsiya Ister ustidan zafar quchadigan bo‘lsa, kamarlarni birlashtiruvchi to‘qnashuvda ukrainalik Vasiliy Lomachenko bilan uchrashadi.
Dillian Uayt (Angliya, 23-1-0, 17 KO) – Jozef Parker (Novaya Zelandiya, 24-1-0, 18 KO)
Sana: 8 iyul. Joy: London, Buyuk Britaniya.
Super og‘ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi britaniyalik Entoni Joshuaga imkoniyatni boy bergan ikki bokschi uning hamyurti Dillian Uayt va WBO kamari sobiq sohibi yangi zelandiyalik Jozef Parker o‘zaro hisob-kitob qilib oladi.
G‘olib bokschi so‘zsiz yaqin vaqt ichida jahon titullaridan biriga da’vogarlik qiladi. Tajribali Uayt boshqa top bokschilari bolgariyalik Kubrat Pulev va kubalik Luis Ortis bilan ham uchrashishi mumkin edi, biroq kutilmaganda u Parker nomzodini tanladi. Jozef bundan uch oy oldin Entoni Joshua bilan uchrashib, WBO kamarini qo‘ldan boy bergan. Ochkolar bo‘yicha boy berilgan jang uning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.
championat.com
Fikrlar